Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATO harbiylari sonini salkam 8 karra oshiradi

NATO harbiylari sonini salkam 8 karra oshiradi

Foto: Ukrinform

Bugun, 27-iyun kungi bayonotida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg harbiy alyansning tezkor javob berish kuchlari soni salkam 8 baravarga oshirilishini ta’kidladi, deb xabar berdi BBC.

«Strategik raqobat» sharoitida NATO tezkor javob berish kuchlari soni qariyb 8 baravarga oshirilib, 300 000 nafar harbiy xizmatchiga yetkaziladi. Bu kuchlar soni shu paytgacha 40 000 nafarni tashkil etgan.

Shu hafta Madridda NATO sammiti o‘tkaziladi, unda alyansning  30 a’zosi Ukrainani Rossiyaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashning kelgusi rejalarini ham muhokama qilishi kutilyapti.

NATO bosh kotibi alyansga a’zo-davlatlar «Rossiya ularning xavfsizligi uchun eng jiddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf»ga aylanganini ochiq aytishiga ishonmoqda. Shu paytgacha NATO strategik konsepsiyasida Rossiya alyansning sherigi sifatida tasniflangan.

Stoltenbergning aytishicha, NATOning yangi strategik konsepsiyasida Xitoy tomonidan oshib borayotgan tahdid ham e’tiborga olinadi. Madrid sammitida alyans a’zolari Rossiya va Xitoyning qo‘shni mamlakatlarga kuchayib borayotgan ta’siriga qanday munosabat bildirishni ham muhokama qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring