Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO sammitida kimlar qatnashadi?

NATO sammitida kimlar qatnashadi?

Foto: «RIA Novosti»

Shu yilning 11-12-iyul kunlari Bryusselda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda NATOga a’zo 29 ta davlat rahbarlari bilan birga 55 ta rasmiy delegatsiya ham ishtirok etadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Sammit NATOning Bryusselda barpo etilgan yangi shtab-kvartirasida o‘tkaziladi. Maxsus tushlik esa qirollik harbiy muzeyida tashkil etiladi.

NATO sammiti paytida xavfsizlikni ta’minlash uchun Belgiya politsiyasining 3,5 ming xodimi va 900 ga yaqin harbiy xizmatchi safarbar etiladi.

Hozirdan politsiya xodimlari aholiga Bryussel shahri markazidan yurmaslik  bo‘yicha tavsiya berishyapti. Qator ko‘cha va yerosti yo‘llari rasmiy shaxslarga xalal bermaslik maqsadida to‘sib qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring