Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nazarboyev Rossiyaga aloqador nozik savolga javob qaytardi

Nazarboyev Rossiyaga aloqador nozik savolga javob qaytardi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nima uchun respublika 2014-yilda Qrimni Rossiyaniki deb tan olishdan bosh tortganini tushuntirdi. Siyosatchiga ko‘ra, aks holda, Janubiy Osetiya, Abxaziya va Kosovo huquqlarini ham tan olish kerak bo‘lardi.

Bu haqda siyosatchi «Qazaq. History of The Golden Man» («Qozog‘iston. Oltin odamning tarixi») filmida amerikalik Oliver Stounga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Nazarboyev yetti yil avval Qozog‘iston Ukraina tomonini ham qo‘llab-quvvatlamaganini ta’kidlab o‘tgan.

«Bularning barchasi Kiyevda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishi tufayli yuzaga keldi»,— deb tushuntirgan sobiq prezident.

Siyosatchi Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan juda xavotirda ekanligini tan olgan, chunki u bir vaqtlar Ukrainada tahsil ko‘rgan.

Avvalroq, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Qrim de-fakto va de yure Rossiya»ga tegishli deya aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring