Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nazarboyev mamlakatga yangi bosh vazir tayinladi

Nazarboyev mamlakatga yangi bosh vazir tayinladi

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston hukumati rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Askar Mamin mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi. Nursulton Nazarboyev tegishli farmonni imzolagani haqidagi xabar prezidentning «Twitter»dagi sahifasida e’lon qilindi.

Bungacha nomzod Qozog‘iston parlamenti tasdig‘idan ham o‘tdi.

O‘tgan hafta Nursulton Nazarboyev Bakitjan Sagintayev boshchiligidagi hukumatni iste’foga chiqargandi. 53 yoshli Askar Mamin ham ushbu hukumat tarkibida bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Hukumat iste’fosidan so‘ng u vaqtincha bosh vazir vazifasini bajarib kelayotgandi.

Askar Mamin ilgari Qozog‘iston temir yo‘llarini boshqargan, Ostona shahri hokimi, Transport va kommunikatsiyalar vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring