Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega nemis qishlog‘i «breksit» amalga oshishini orziqib kutyapti?

Nega nemis qishlog‘i «breksit» amalga oshishini orziqib kutyapti?

Foto: «Daily Express»

Dunyoda shunaqa qishloq borligini hatto Germaniyada ham ko‘plar bilishmaydi. Yevropani-ku, qo‘yaverasiz... Ammo shu kichkina qishloq tez orada Yevropa ittifoqining geografik markaziga aylanishi mumkin.

Yildan-yilga, Yevroittifoq kengayib borgani sayin, «jo‘g‘rofiy nuqta» bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib yuribdi. Agarda «breksit» amalga oshsa, yagona Yevropaning qoq markazi biz aytayotgan Bavariyadagi qishloq — Gadhaymga ko‘chadi.

Foto: «The Guardian» 

Hozir ham YeIning geografik markazi Germaniyada — Vesterngruntda joylashgan. Gadhaymdan 55 kilometr olisdagi bu aholi maskaniga shu norasmiy maqomni 2013-yili Yevroittifoqqa qabul qilingan Xorvatiya «tortiq etgan».

Britaniya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida kechayotgan siyosiy jarayonlar bo‘lg‘usi «Yevropa markazi» ahlini shunchalik to‘lqinlantirib yubordiki, ular hatto britan bosh vaziri Tereza Meyga Gadhaym «faxriy fuqaroligi»ni berishmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring