Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiyadagi muzeydan bitta rasm uchinchi marta o‘g‘irlab ketildi

Niderlandiyadagi muzeydan bitta rasm uchinchi marta o‘g‘irlab ketildi

Foto: «Public Domain»

Gollandiyalik musavvir Frans Xals chizgan «Kulayotgan ikki bola» (Twee lachende jongens, 1626-1627) rasmini Niderlandiyaning Lerdam shahridagi Xofi van Arden muzeyidan o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Utrext politsiyasi xabar bergan.

O‘g‘irlik chorshanba kuni kechasi sodir etilgan. Jinoyatchilar Xofi van Arden muzeyining orqa eshigini buzib kirishgan va rasmni o‘g‘irlab ketishgan. Politsiya tergov harakatlarini boshlab yuborgan.

«Kulayotgan ikki bola» rasmi shu paytgacha ikki marta o‘g‘irlangandi: 2011 va 1988-yillarda. 1988-yilda o‘g‘irlangandan so‘ng rasmni uch yilgacha topisha olmagan. 2011-yilda esa rasm yo‘qolgandan so‘ng yarim yil o‘tgach joyiga qaytarilgan.

Rasm vaqtincha Rotterdamdagi Boymans van Byoningen muzeyidan Lerdamdagi Xofi van Arden muzeyiga ko‘chirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring