Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nigeriyada 180 dan ortiq mahbus turmadan qochdi

Nigeriyada 180 dan ortiq mahbus turmadan qochdi

Foto:«AP»

180 dan ortiq mahbus Nigeriyaning Minna shahridagi turmadan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Abdulrahmon Danbazaga asoslanib, mahalliy «Daily Post» nashri xabar qilmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra qochganlarning 30 nafari topilgan va qamoqqa qaytarilgan.

Qamoqxona joylashgan shtat gubernatori Sani-Bello shtat hukumati federal hukumat bilan «butun shtatdagi turmalar infrastrukturasini rivojlantirish» borasida hamkorlik qilishini aytgan.

Hozir mahbuslarning qochish sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring