Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiya sudi masjidda o‘q uzgan odam ustidan hukm chiqardi

Norvegiya sudi masjidda o‘q uzgan odam ustidan hukm chiqardi

Foto: «RIA Novosti»

Norvegiya sudi o‘tgan yili avgust oyida Oslo yaqinidagi masjidda o‘q uzgan Filip Mansxausni 21 yil qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda «SVT Nyheter» xabar berdi.

OAVning ma’lum qilishicha, mamlakat jinoyat qonunchiligiga binoan, mahkum jamiyat uchun xavfli deb hisoblanmagunga qadar, ya’ni umrbod qamoqxonada saqlanishi mumkin.

O‘shanda Filip o‘zining 17 yoshli o‘gay singlisini otib o‘ldirgandi.

Sud hukmiga binoan, Mansxaus o‘gay onasi hamda otishma paytida masjidda bo‘lgan uch nafar fuqaroga zararni qoplab berishi zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring