Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev Qozog‘istonda qo‘shhokimiyatchilik bo‘lmasligini aytdi

Nazarboyev Qozog‘istonda qo‘shhokimiyatchilik bo‘lmasligini aytdi

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘istonning birinchi prezidenti, mamlakatni qariyb 30 yil davomida boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev XII Ostona iqtisodiy forumida jamiyatga o‘zgarishlar va yangi rahbariyat zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, u hokimiyat mutlaqo yangi jamoa qo‘liga o‘tishi va innovatsiyalar haqida gapirgan. 

«Qozog‘istonda prezident bitta, qo‘shhokimiyatchilik bo‘lmaydi» deya Nazarboyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Tengrinews.kz» sayti. 

«Men besh marta saylovlarda ishtirok etib, 85 foizdan kam ovoz to‘plamadim. Hozir avval birinchi prezident, so‘ng prezident deyishyapti. Yo‘q, prezident bitta, va u rahbardir. Bizda ikkihokimiyatchilik bo‘lmaydi» degan Nazarboyev.

Hozirda 20-martdan buyon mamlakatni amalda Qosim-Jomart Tokayev boshqarmoqda. Avvalroq, «Nur Otan» partiyasi  s’yezdida Nazarboyev Tokayevni «prezidentlikka eng munosib nomzod» degandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring