Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: AQSh razvedkasi Kobulda zarba berishdan oldin mashinada bolalar borligidan ogohlantirgan

OAV: AQSh razvedkasi Kobulda zarba berishdan oldin mashinada bolalar borligidan ogohlantirgan

Foto: «News.myseldon.com»

CNN: AQSh razvedkasi Kobulda dron snaryadi zarbasidan bir necha soniya oldin mashinada bolalar borligi haqida ogohlantirgan.

AQSh razvedkasi Kobulda Amerikaning uchuvchisiz samolyoti zarba bergan hududda tinch aholi bo‘lishi mumkinligi, shuningdek, o‘q otilishidan bir necha soniya avval tahdid solayotgan avtomobilda bolalar borligi haqida ogohlantirgan, deb xabar beradi CNN telekanali o‘z manbalariga tayanib.

Avvalroq Pentagon o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra, avgust oyi oxirida uchuvchisiz samolyotning Kobulga bergan zarbasi xato ekanligini tan oldi; tashkilot rahbari Lloyd Ostin bu «xato» uchun kechirib so‘rab qo‘ya qolgan.

«29-avgustdagi ogohlantirish raketa avtomobilga tegishidan bir necha soniya oldin qilingan, natijada 10 nafar tinch aholi, jumladan, 7 bola halok bo‘lgan», — deya xabar berdi telekanal.

CNNga ko‘ra, harbiylar snaryadni ishga tushirish to‘g‘risidagi qarori haqida razvedka ma’lumotiga ega bo‘lgani yoki yo‘qligi noma’lumligicha qolmoqda.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi avvalroq AQSh harbiylari Kobuldagi avtomobilga berilgan havo zarbasining to‘g‘riligiga shubha qilmasligini iddao qilgandi. Shu bilan birga, harbiylar ko‘p sonli tinch fuqarolar qurbon bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh bermadi, buni ichki idoraviy tekshiruvlarni yakunlash zarurligi bilan izohladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring