Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Isroil kuchlari falastinliklarga qarshi zaharli gazlar ishlatmoqda, 72 kishi halok bo‘lgan

OAV: Isroil kuchlari falastinliklarga qarshi zaharli gazlar ishlatmoqda, 72 kishi halok bo‘lgan

Foto:«Reuters»

Falastindagi guruhlar va Isroil armiyasi o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar natijasida 72 falastinlik halok bo‘ldi va yana 400 kishi jarohat oldi. Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib Sama News portali xabar berdi.

Portal avvalgi xabarlarida qurbonlar soni 67 kishini tashkil etgani haqida ma’lum qilgandi. 

Qayd etilishicha, sud-tibbiyot ekspertizasi ushbu odamlar nafas qisilishi natijasida vafot etganligini aniqlagan. Halok bo‘lganlarning jasadlaridan kerakli namunalar olingan. Taxminlarga ko‘ra, o‘lim sababi zaharli gazlar bo‘lishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi falastinliklar o‘limining aniq sabablarini ochiqlamagan. Sky News Arabia telekanalining xabar berishicha, bu odamlar «Isroil armiyasi tomonidan ishlatilgan zaharli gazlardan nafas olishi» natijasida vafot etgan.

Avvalroq Xitoy, Norvegiya va Tunis davlatlari Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotgani sababli BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring