Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar yo‘qolgan qit’ani Yevropa ostidan topishdi

Olimlar yo‘qolgan qit’ani Yevropa ostidan topishdi

Foto: «Rambler»

Olimlar kattaligi Grenlandiyadek keladigan yo‘qolgan qit’ani topishdi. Xalqaro mutaxassislar guruhi tadqiqoti «Gondwana Research» jurnalida chop etildi. Bu haqda «Rambler» xabar bergan.

«Biz o‘rgangan aksar tog‘ zanjirlari qariyb 200 million yil muqaddam Shimoliy Afrikadan bo‘linib ketgan bitta qit’aga tegishli. Undan qolgan bor-yo‘g‘i — bu Adriatika dengizi orqali Turindan Italiya etigi tovonigacha o‘tgan tasma xolos», — deb izohlaydi tadqiqot muallifi Daue van Xinsbergen.

Qit’a taxminan 240 million yil muqaddam ajralib chiqa boshlagan.

Tadqiqotchilar topilgan qit’ani Katta Adriya deb atashdi. Ma’lum bo‘lishicha, uning ulkan qismi suv ostida bo‘lgan va mayda cho‘kindi hamda dengizlar bilan qoplangan. Hatto qoyalar yuzaga kelgan, biroq ularni Janubiy Yevropa mantiyasi chopib tashlagan.

Olimlar tektonik plitalarni qayta tiklovchi dastur yordamida geologik qatlamlarni birin-ketin ochishgan. Shu orqali ular qit’alar boshqacha joylashgan davrga «qaytishgan».

«Yo‘qolgan qit’aning qalinligi bir necha kilometr keladigan ustki qatlami deformatsiyaga uchragan qoldiqlarini hozirgacha tog‘ cho‘qqilarida ko‘rish mumkin. Kontinental plitaning qalinligi qariyb 100 kilometr keladigan qolgan qismi Yer mantiyasining Janubiy Yevropa ostiga «sho‘ng‘igan». Biz seysmik to‘lqinlar bo‘ylab uni 1 500 kilometr chuqurlikkacha o‘rganishimiz mumkin», — deydi ular.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring