Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaotada teraktni rejalashtirayotgan ekstremistlar qo‘lga olindi

Olmaotada teraktni rejalashtirayotgan ekstremistlar qo‘lga olindi

Foto: «AP Photo»

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari Olmaotada odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda teraktni rejalashtirayotgan ikki nafar ekstremistni qo‘lga olishdi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

MXQ ma’lumotiga ko‘ra, gumondor shaxslar 14-fevral kuni qo‘lga olingan, sud qaroriga ko‘ra hibsda saqlanmoqda.

«Ular yashayotgan joylar tekshirilganda qo‘lbola portlovchi qurilmalar, ularni tayyorlashda ishlatiladigan tarkibiy qismlar, sovuq qurollar, hujum qilish rejalashtirilayotgan ob’yektlarning foto va video yozuvlari qayd etilgan smartfonlar borligi aniqlangan», — deyiladi press-relizda.

Tergov materiallariga ko‘ra, hibsga olinganlar respublika hududida, xususan, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda terrorchilik harakatlarini sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishgan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, terrorizmga tayyorgarlik ko‘rish va terrorizmni targ‘ib qilish faktlari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring