Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaotadagi 34 maktabda portlovchi modda o‘rnatilgani haqida xabar berildi

Olmaotadagi 34 maktabda portlovchi modda o‘rnatilgani haqida xabar berildi

Foto:«Zakon.kz»

Olmaotadagi 22 ta maktabda portlovchi moslamalar borligi haqida xabarlar kelib tushdi, deb yozadi Zakon.kz nashri.

Avvalroq, 12 ta maktab bo‘yicha shunday xabar kelib tushgandi. 

Olmaota politsiya departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, mahalliy vaqt bilan soat 12:20 holatiga ko‘ra 34 ta maktabga joylashtirilgan portlovchi moslamalar to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ayni paytda 18 ta maktab tekshirildi. Hech qanday portlovchi moslama topilmagan. 

19-mart kuni ertalab 12 ta ta’lim muassasalarining elektron pochtalariga «minalashtirilgan» degan xabar kelib tushgani ma’lum bo‘ldi. Noma’lum shaxs pul talab qilgan, aks holda portlashlar yuz berishi bilan tahdid qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring