Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘rtadagi odam»: qayg‘uli Zelenskiy «Time» jurnali muqovasini bezadi

«O‘rtadagi odam»: qayg‘uli Zelenskiy «Time» jurnali muqovasini bezadi

Foto: «Twitter»

Amerikaning baobro‘ «Time» jurnali (haftada bir marta chiqadi) bu safar muqovasiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning suratini joyladi. Fotoning ostida shunday jumlalarni o‘qiymiz: «O‘rtadagi odam» (The Man in the Middle), ya’niki Zelenskiy Rossiya va AQSh prezidentlari Putin va Trampning manfaatlari o‘rtasida qolib ketganiga ishora qilinmoqda.

Jurnalning mana shu soni 16-dekabrda sotuvga chiqadi. Zelenskiyga bag‘ishlangan maqola sarlavhasi quyidagicha: «Ukraina prezidenti jahoning eng yirik siyosiy dramasida o‘z rolini qanday o‘ynamoqda».

Zelenskiydan intervyu olgan jurnalist sakkiz oy avval ko‘rgan bu insoni o‘tgan vaqt ichida ancha o‘zgargani, xususan, «siyosiy hayot mazasini tatib ko‘rib», sezilarli darajada «qarigani»nini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, keyingi suratlarida avvalgi quvnoq Zelenskiydan asar ham qolmagan, yuz-ko‘zidan charchoq va qayg‘u alomatlarini ilg‘ash qiyinmas.

Zelenskiy «Time» muqovasidan o‘rin olishi «normand sammiti»ga bir necha kun qolganda aniq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, sammit Parijda 9-dekabr kuni o‘tkaziladi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi. Sammit kun tartibidan Donbassdagi hozirgi holat, u yerda urush harakatlarini to‘xtatish, siyosiy muvofiqlashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring