Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ta zaharli! Hindistonda ikki boshli ilon topildi (video)

O‘ta zaharli! Hindistonda ikki boshli ilon topildi (video)

Foto: «Twitter»

Hindistonning Maxarashtra shtatida yashovchi fuqaro ikki boshli zanjirsimon ilon (Rassel iloni)ga duch keldi. Atigi 11 santimetr uzunlikdagi bu gazanda o‘ta zaharli!

Mutant-ilon videosini o‘rmonchilik xo‘jaligi xodimi Susanta Nanda «Twitter»da joylashtirdi.

Uning aytishicha, bu ilon boshqalaridan anchayin zaharli. Uning zahridan omon qolgan taqdirda ham, insonning salomatligiga jiddiy putur yetadi. Odamni o‘ldirish uchun bu ilonning 40-70 milligramm zahari kifoya, vaholanki, kattaroqlari bir chaqishda uch karra ko‘p zahar socha oladi.


Mavzuga oid: AQShda ikki boshli ilon topildi (video)


«Hindustan Times» yozishicha, Hindistonda xuddi shu turdagi ilonlarning ikki boshlilaridan to‘rttasi qayd etilgan. Shunisiyam borki, bunaqa tug‘ma nuqson bilan dunyoga kelgan ilonlarda yashab ketish imkoniyati ancha past.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring