Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bostonlik eng omadli ayol soliqchilarni xursand qildi

Bostonlik eng omadli ayol soliqchilarni xursand qildi

Foto: «UPI.com»

Boston shahri yaqinida (AQSh, Massachusets shtati) yashovchi Linda Suini oxirgi 10 yilda ikki marta lotereyadan 1 million dollardan yutib oldi, deb xabar bermoqda «Upi.com».

Suini lahzalik lotereya chiptalarini 2009-yilning 7-dekabrida va 2020-yilning fevral oyida sotib olgan.

Amerika lotereyasida bir qoida bor: katta soliq to‘lasa hamma pul bir yo‘la beriladi, ikkinchi yo‘li esa hech qanday soliqlarsiz yutuq pullarini yillar davomida olish. Ayolga ko‘p pul kerak ekan shekilli, 350 mingini soliqchilarga qoldirib, 650 ming dollar olishga rozi bo‘ldi.

Bu lotereyaning yana bir xos jihati hech qanday raqamlar belgilanmasligidir: shunchaki himoya qoplami o‘chirilsa bas — masala hal.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring