Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oy oxirida Yerga xavfli asteroid yaqinlashadi

Oy oxirida Yerga xavfli asteroid yaqinlashadi

Foto: «Aif.ru»

«2016 NF23» nomli asteroid avgust oyi oxirida Yerdan 7,5 million kilometr masofada uchib o‘tadi, deya xabar beradi «Aif.ru». NASAning ta’kidlashicha, bu asteroid Yer uchun juda xavfli.

Osmon jismining o‘lchami Xeops ehromlaridan kattaroq. Diamerti 70 dan 160 metrgacha.

Olimlar asteroidning soniyasiga 9 km. harakatlanayotganini aniqlashdi. 29 avgust kuni u sayyoramizga maksimal darajada yaqin keladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Yerdan 203,4 ming kilometr masofadan «2010 WC9» asteroidi uchib o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring