Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjonda vertolyot halokati sabab 14 kishi qurbon bo‘ldi

Ozarbayjonda vertolyot halokati sabab 14 kishi qurbon bo‘ldi

30-noyabr kuni Ozarbayjon Davlat chegara xizmatining harbiy vertolyoti halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 18 kishi bo‘lgan. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 kishi halok bo‘lgan. Omon qolganlarning ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Ozarbayjon Davlat chegara xizmati va Bosh prokuraturasining qo‘shma bayonotiga ko‘ra, samolyot o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragan. Halokat Xizi viloyatidagi «Garaxeybat» aviatsiya poligonida sodir bo‘ldi.

«Hodisa joyida Davlat chegara xizmati va Bosh prokuratura rahbariyati ishlamoqda. Voqea yuzasidan birgalikda tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda», — deyiladi qo‘shma bayonotda.

Avvalroq, Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi «Listvyajnaya» konida halokat sabab qurbonlar soni 57 nafardan oshgani aytib o‘tilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring