Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zimiznikini bildik, Rossiyada qanchadan olishadi?

O‘zimiznikini bildik, Rossiyada qanchadan olishadi?

Foto: «RIA Novosti»

Rosstat 2018-yili mamlakatda qancha amaldor ishlagani va ularga qanchadan maosh to‘langani haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi. Bu haqda «Life» xabar bermoqda.   

Federal davlat organlari fuqarolik xizmatchilari oyiga o‘rtacha 126,6 ming rubldan maosh olmoqda, bu 2017-yilgidan 5,4 foizga ko‘pdir. Rossiyada 2018-yili federal davlat xizmatchilari soni 38 ming nafarni tashkil etgan.

Eng katta maoshni hukumat devoni xodimlari olmoqda — 240,3 ming rubl, Prezident devonida ishlovchilarga esa sal kamroq — 236,7 mingdan to‘lashadi. Davlat dumasi va Federatsiya kengashidagilarning «okladi» 158,9 va 186,4 rubldan.


Mavzuga oid: O‘zbekistonda deputat, vazir va hokimlarning oyligi qancha?


Vazirliklar va idoralar orasida eng ko‘p maosh Federal g‘azna xodimlariga to‘lanadi — 159 ming rubl. Tashqi ishlar vazirligi xodimlari 151,1 ming, Federal soliq xizmati xodimlari esa 144,8 mingdan rubldan olishadi.

Nazorat va organ tizimlari xodimlarining daromadlari ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Markaziy banki rasmiy sayti konverterida ayni paytda 1 rubl — 128,61 so‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring