Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Panamada bir joyga ko‘mib yuborilgan yetti kishining qoldiqlari topildi. Ulardan olti nafari bolalar

Panamada bir joyga ko‘mib yuborilgan yetti kishining qoldiqlari topildi. Ulardan olti nafari bolalar

Foto: «AP Photo»

Panama milliy politsiyasi yetti nafar odamning qoldiqlari ko‘milgan umumiy qabrni topishdi. Taxminlarga ko‘ra, ular diniy sekta qurbonlari hisoblanadi. Achinarlisi, halok bo‘lganlarning olti nafari – bolalar, deb xabar berdi Panamaning «TVN» kanali.

Qabr Ngobe-Bugle hindularining avtonom boshqaruvidagi hududdan topilgan. U yerda sekta faoliyat yuritgan. Barcha halok bo‘lganlarning shaxsi tasdiqlandi. Bundan tashqari, politsiya operatsiyasi natijasida 14 kishining hayoti saqlab qolindi. Ular orasida yetti nafar voyaga yetmagan bola va ikkita homilador ayol ham bor. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Sekta haqida politsiyaga uning uch nafar a’zosi ma’lum qilgan. Ular u yerdan bir amallab qochib, Veraguas provinsiyasidagi shifoxonaga yetib kelgan.

«TVN» kanali xabariga ko‘ra, sekta yig‘ilishlarida ular kaltaklangan va turli qiynoqlarga solingan. Ko‘mish ishlari bilan esa asosan tunda shug‘ullanishgan. Ayni vaqtda ishga aloqador 10 kishi qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring