Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parijdagi portlashda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Parijdagi portlashda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Parij shahrida bugun, 12-yanvar kuni kuchli portlash ro‘y berdi.

Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, Parij markazidagi Ryu-de-Treviz ko‘chasida joylashgan novvoyxonada yuz bergan portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Dastlab, portlash oqibatida 30 kishi jabrlangani, bir necha kishining ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilingandi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, yuz bergan portlash va uning oqibatida yuzaga kelgan yong‘inda to‘rt kishi, xususan, ikki o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan.

Voqea joyiga Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp, ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner va Parij shahri meri Ann Idalgo yetib borishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring