Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pasxa orolidagi haykallar siri ochildi

Pasxa orolidagi haykallar siri ochildi

Foto: «Gazeta.Ru»

Bingemton universiteti (AQSh) olimlari Pasxa (Rapanui) orolidagi 900 dan ziyod haykallar sirini ochishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu haykallar qadimiy ajdodlarga sig‘inish maqsadida yasalmagan, balki ular chuchuk suv manbalariga ko‘rsatkich vazifasini o‘tagan.

«PLOS» jurnali yozishicha, orol gidrologiya holatini o‘rganish davomida deyarli barcha haykallar joylashgan yer atrofida buloq suvlari topilgan.

Ilgari Pasxa orolida ichimlik suvi yo‘q deb hisoblanar va bu yerga sayohatga boruvchilar o‘zlari bilan suv olib ketishardi. Toza ichimlik suvi haqidagi barcha ma’lumotlar bir paytlar Pasxa orolida yashagan qadimiy polineziyaliklar bilan birga yo‘q bo‘lib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring