Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Peskov savolga javob bera olmadi

Peskov savolga javob bera olmadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Xerson va Zaporoje viloyatlari qaysi chegaralarda tan olinishiga javob bera olmadi. U bu masalaga keyinroq oydinlik kiritishga va’da berdi, deb yozadi TASS.

Kreml vakili Donetsk va Lugansk 2014 yilgi chegaralar doirasida tan olinganini eslatdi. Shuningdek, u bugundan boshlab DXR Rossiya tarkibiga kirishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 29 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zaporoje va Xerson viloyatlari mustaqilligi tan olinganligi to‘g‘risidagi farmonlarni imzolagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring