Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poroshenko Dushanbeda o‘tkaziladigan MDH sammitiga taklif etildi

Poroshenko Dushanbeda o‘tkaziladigan MDH sammitiga taklif etildi

Dushanbe shahri

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko MDH davlatlari rahbarlarining Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan sammitiga taklif etildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

«Bu taklifga hali javob berilmadi», – degan MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev.

«U (Poroshenko) sammitga taklif qilindi. Shunday taklif bor. Ukrainaning bu haqda xabari bor. Lekin biz Ukraina rahbariyati Dushanbedagi sammitda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligini bilamiz. Tajribadan ma’lumki, javoblar yig‘ilishdan bir kun oldin o‘zgarib qolishi mumkin. Lekin biz kutamiz. Hozircha Kiyevdan sammitda ishtirok etish bo‘yicha javob yo‘q», – degan Lebedev jurnalistlarga.

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi shu yil 28 sentyabr kuni Tojikistonda o‘tkaziladigan sammitda Ukraina kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etishini mumkinligini tahmin qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring