Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident haykalchalari. Zelenskiy shuni nazarda tutuvdimi?..

Prezident haykalchalari. Zelenskiy shuni nazarda tutuvdimi?..

Foto: «Ukranews.com»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning gips haykalchalari, aniqrog‘i, byustlari ertaga, 25-iyuldan erkin savdoga chiqadi. Ularni butun Ukraina bo‘ylab internet orqali sotib olish mumkin. Bu haqda TAAS yozmoqda.

«Ajoyib va o‘ziga xos sovg‘a, ish stolingiz va xonangizni yanada boyitadi. Ukrainada birinchi marta! Rasman 25-iyuldan sotuvda, eng qulay narxlarda hoziroq sotib oling! Haykaltaroshlik gipsidan ishlangan, uch qavat lok va susal oltini bilan qoplangan», — saytlarning birida shu mazmundagi xabar berilgan.

Foto: TASS

«Ukraina yangiliklari» ma’lumotiga ko‘ra, gips byustning narxi — 2 ming griven (78 dollar atrofida). Og‘irligi 2,5 kg., balandligi — 23 sm.

Prezident Zelenskiy bu tashabbusga qanday qaraydi, hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy rasman prezidentlikka kirishish nutqida xususan, shunday degandi: «Sizlarning kabinetlaringizda mening suratlarim bo‘lmasligini judayam istayman, iltimos. Prezident — but, sajdagoh yoki portret emas. O‘sha joyga o‘z farzandlaringiz suratini ilib qo‘ying va har bir muhim qaror qabul qilishda ularning ko‘zlariga boqing».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring