Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Puma» krossovkalarida Gitlerning «portreti»ni topishdi (foto)

«Puma» krossovkalarida Gitlerning «portreti»ni topishdi (foto)

Foto: «Championat.com»

Nemislarning sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi «Puma» brendi mojaroga aralashib qoldi. Negaki, ijtimoiy tarmoqning sinchkov foydalanuvchilari kompaniyaning yangi chiqqan «Storm Adrenaline» krossovkalaridan Gitlerning suratini topishibdi.

Chindan ham, tepadan qaraganda, krossovkaning tumshuq qismidagi qoplamasi natsistlar Germaniyasi yetakchisining soch turmagini eslatadi, ayniqsa, krossovkaning «tili» quyib qo‘ygandek fyurercha mo‘ylovning o‘zginasi.

Albatta, «Twitter»dagi ko‘pchilik bu g‘alati o‘xshashlikni tasdiqlab, har xil hazillar qilishmoqda. Krossovkada boshqa mashhurlarning portretlarini topganlar ham bo‘ldi: kimdir unda Charli Chaplin, Nikolay Gogol, hatto Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning qiyofasini «topgan».

— «Axir bu batka (Lukashenko nazarda tutilmoqda)ning yoshligi-ku», — deb munosabat bildirgan kimdir poyabzal surati ostida qoldirgan postida.

— «Amayak Akopyan?», — o‘smoqchilab so‘raydi boshqasi.

— «Gitlerni emas, Gogolni ko‘ryapman», — deb javob qoldirgan uchinchisi.

Hatto ayni vaziyatdan fitna hidini sezganlar ham bo‘ldi. Gap shundaki, «Puma» brendi asoschisi Rudolf Dassler o‘z vaqtida natsistlarni va Gitlerni qo‘llab-quvvatlagan. Shuni deb oilasi bilan san-manga borib qolgan, shuni deb Adolf Dassler akasi bilan hamkorlikdan voz kechib, o‘z biznesiga asos solgan — «ADIDAS».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring