Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin eng ko‘p Erdo‘g‘on bilan gaplashgan, Tramp esa...

Putin eng ko‘p Erdo‘g‘on bilan gaplashgan, Tramp esa...

Foto: «Haber7.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putinning 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida eng ko‘p qaysi davlatlar rahbarlari bilan gaplashgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Putin eng ko‘p Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muloqot qilgan.

«Reuters» axborot agentligi 2018-yil 17-yanvar – 18-iyul sanalari mobaynida AQSh va Rossiya prezidentlarining eng ko‘p qaysi davlat rahbarlari bilan muloqot qilganini o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, Amerika yetakchisi eng ko‘p Fransiya prezidenti Makron bilan, Rossiya rahbari esa Turkiya prezidenti bilan muloqot qilgan.

Tramp Makron bilan 25 marta, Erdo‘g‘on bilan esa 8 marta gaplashgan. Erdo‘g‘on Tramp bilan eng ko‘p gaplashgan 9-rahbar bo‘lgan.

Putin Erdo‘g‘on bilan 28 marta muloqot qilgan. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan esa 17 marta gaplashgan.

Tramp Oq uyga kelganidan buyon 40 dan ortiq mamlakat rahbari bilan 200 martadan ziyod muloqotga kirishgani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring