Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Tramp muzokaralarni yakunlashdi

Putin va Tramp muzokaralarni yakunlashdi

Foto: «TASS»

Putin va Tramp tor tarkibdagi muzokaralarning ochilish qismini yakunlashdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralarning ochilish qismini tugatishdi. Bu Amerika rahbari tashabbusi bilan uyushtirilgan edi.

«Men hozir boshlanadigan maxsus suhbatimizni kutyapman. So‘ngra biz jamoamiz bilan muhokamalar jarayoniga o‘tamiz. Bizda ko‘p masalalar bor, umid qilamanki, ularga javob topamiz. Bugun hammasi yaxshi bo‘ladi», – degan Tramp Putinning qo‘lini siqa turib.

Uchrashuvning ochilish qismi besh daqiqadan ko‘proq davom etdi. Prezidentlarning qo‘l siqishishiga 3 soniya vaqt sarflandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring