Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin maoshi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Putin maoshi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Foto: «Kremlin.ru»

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Anatoliy Sobchak haykali poyiga gul qo‘yish uchun bugun, 19 fevral kuni Sankt-Peterburgga borganida, shaharliklar bilan uchrashib, ularning savollariga javob berdi. Bu haqda RBK yozmoqda.

Bir ayol daromadi ozligidan shikoyat qilib, oyiga 10 800 rublga kun ko‘rish mumkinmi, deya so‘ragan.

«O‘ylashimcha, juda qiyin», — deya javob bergan Putin.

O‘z navbatida haligi ayol uning (Putinni nazarda tutmoqda — tahr.) oyligi har holda juda yuqoridir degan savoliga prezident mamlakatda eng yuqori emas, deya javob qaytargan.

O‘sha ayol, shuningdek, davlat tomonidan o‘rnatilgan «yashash uchun yetarli minimum»ga oziq-ovqat sotib olishning umuman imkoni bo‘lmayotgani, yolg‘iz onalar qiynalayotgani haqida arz-hol qilgan.

«Tushunaman. Shuning uchun ham biz hozir bolali oilalarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha butun boshli dasturni amalga oshiryapmiz. Katta dastur», — degan Vladimir Putin.

RBK hisob-kitoblariga ko‘ra, RF davlat rahbari oyiga 773,4 ming rubl maosh oladi, ya’ni haligi ayoldan 70 karra ko‘proq. Ammo undan ham yuqori maoshlilar bor...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring