Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Pashinyan va Aliyevni Kremlga yig‘di

Putin Pashinyan va Aliyevni Kremlga yig‘di

Foto: «Fine-news.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uch tomonlama muzokaralarni boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Pashinyan va Aliyev bugun, 11-yanvar kuni ertalab Moskvaga uchib borishdi. Putin Armaniston va Ozarbayjondan kelgan hamkasblarini Kremlda yig‘di.

Kuni kecha, 10-yanvar kuni Rossiya rahbari Tog‘li Qorabog‘ mojarosini tartibga solish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FSB direktori Aleksandr Bortnikov va tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin ishtirok etishdi.

Avvalroq Armaniston va Ozarbayjon maxsus xizmatlari rahbarlari neytral chegara hududida uchrashuv o‘tkazib, mahbuslarni almashtirish masalasini muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi.

27-sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qaytadan boshlandi. Boku va Yerevan harbiy holatni e’lon qilib, bir-birini tinch aholini o‘qqa tutishda aybladi. Mojaro avj olishi natijasida ikkala tomondan ham harbiylar va tinch aholi qurbon bo‘ldi.

10-noyabr kuni oqshom Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va RF prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

Unga ko‘ra, Boku va Yerevan egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtaydi, Tog‘li Qorabog‘ hududining bir qismi esa Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tadi. 20-noyabrda Agdam, 25-noyabrda Kelbejer, 1-dekabrda esa Lachin hududlari rasman Bokuga o‘tdi.

Bundan tashqari, hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring