Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putin Rossiya kelajagini yakson qilmoqda» — Germaniya kansleri

«Putin Rossiya kelajagini yakson qilmoqda» — Germaniya kansleri

Germaniya kansleri Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yanada kuchaytirmoqda.

Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiyaning Ukrainaga hujumi bilan dunyoga zarar yetkazganlikda aybladi. «Deutsche Welle»ning keltirishicha, nemis siyosatdoni «urush kelajakni yo‘q qilishdir» deb bayonot bergan.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Putin «o‘tgan asrlarning imperialistik qarashlari»dan voz kechishi kerak. «Rossiya prezidenti Ukrainaga nafaqat o‘lim va halokat olib keladi, balki Rossiya kelajagini ham yo‘q qiladi. Bu prezident Putinning katta xatosi», — degan u.

Avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyani Qora dengizda oziq-ovqat olib ketayotgan yuzga yaqin kema yo‘lini to‘sib qo‘yganlikda ayblagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring