Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Si Szinpinning taklifini qabul qildi

Putin Si Szinpinning taklifini qabul qildi

Foto: «RIA Novosti»

Xitoy Xalq respublikasi prezidenti Si Szinpin Sharq iqtisodiy forumi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi sammitida qatnashishga taklif etdi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

«XXR rahbari Si Szinpin prezident Putinni keyingi yil Xitoyda ikkinchi marta o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan «Bir makon, bir yo‘l» sammitida qatnashishga taklif qildi», – degan Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.

Uning ta’kidlashicha, Putin taklifni mamnuniyat qabul qilgan.

«Bir makon, bir yo‘l» sammiti ilk marta 2017 yil Pekin shahrida o‘tkazilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring