Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Tramp bilan yana uchrashishga tayyor

Putin Tramp bilan yana uchrashishga tayyor

Foto:«Reuters»

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbini Moskvaga taklif qilganini, shu bilan birga, o‘zi ham Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga borishga tayyorligini aytdi, deya xabar beradi «RIA Novosti».

«Uchrashuvga kelsak, men Tramp nima deganini yaxshi tushunaman. U keyingi uchrashuvlarni o‘tkazishni istaydi. Men bunga tayyorman. Lekin ular kelishilgan ba’zi sharoitlarni yaratishi kerak. Biz prezident Trampni Moskva shahriga taklif qilishga tayyormiz. Uning bu haqda xabari bor. Men unga aytganman», – degan Putin JARda BRIKS sammiti yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Rossiya rahbari Vashingtonda Tramp bilan uchrashishga tayyorligini ta’kidladi.

«Men Vashingtonga borishga tayyorman. Yana takror aytaman, agar u yerda ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lsa», – degan Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring