Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qadimgi mayyalar sivilizatsiyasiga doir sir fosh etildi

Qadimgi mayyalar sivilizatsiyasiga doir sir fosh etildi

Foto: «Phys.org»

Amerikaning Texas universiteti olimlari mayyalar sivilizatsiyasi atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatganini aniqlashdi. Ilmiy tadqiqot natijalari «Phys.org» press-relizida chop etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qadimgi sivilizatsiya vakillari botqoqliklarda ulkan majmualarni barpo etishgan. Natijada atmosferaga karbonat angidrid gazining chiqishi ortgan.

Mutaxassislar maxsus asbob-uskuna — lidarlardan foydalanishgan. Ular yorug‘lik manbai, jumladan, lazer yordamida joyni tasvirga olish imkonini beradi. Qariyb 250 kvadrat kilometr masofani tasvirga olishgan. Ma’lum bo‘lishicha, hozir qalin o‘t-o‘lanlar bosib yotgan joylar bir paytlar sug‘orish uchun mo‘ljallangan kanal va maydonlar bo‘lgan. Aftidan, mayyalar atrof-muhit sharoitining yomon tomonga o‘zgarishiga shu tariqa moslashishga urinishgan ko‘rinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring