Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston fuqarolarini Suriya va Iroqdan qaytarishni boshlaydi

Qirg‘iziston fuqarolarini Suriya va Iroqdan qaytarishni boshlaydi

Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi

Qirg‘iziston IShID safida turli jinoyatlarni amalga oshirgan fuqarolarining farzandlarini mamlakatga qaytarish ishlarini boshlaydi. Ular reabilitatsiya dasturi doirasida qayta tarbiyalanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Qizg‘iziston razvedkasining juma kungi bayonotida prezident Sooronbay Jeenbekov Suriya va Iroqdagi lagerlarda qolayotgan mamlakat fuqarolarini qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, avvalo bolalar va yoshlar mamlakatga qaytariladi. Ularning yaqinlari esa tergov olib borilganidan keyin olib kelinadi.

Suriya va Iroqda taxminan 500-1000 nafar atrofida Qirg‘iziston fuqarolari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring