Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston prezidenti Umra ziyoratini bajardi

Qirg‘iziston prezidenti Umra ziyoratini bajardi

Foto: «www.spa.gov.sa»

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Umra ziyoratini bajarishdi, deya xabar berdi «Vecherniy Bishkek».

Manbaning ma’lumot berishicha, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulazizning taklifiga binoan Qirg‘iziston delegatsiyasi 15–17-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lgan.

Tashrifda davomida Sooronboy Jeenbekov Qirg‘iziston Respublikasining Ar-Riyod shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida qatnashdi.

Bundan tashqari, u Saudiyada o‘qib, ishlayotgan qirg‘izistonliklar bilan ham uchrashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring