Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda saylovlar bo‘lib o‘tmoqda

Qirg‘izistonda saylovlar bo‘lib o‘tmoqda

Qirg‘izistonda bugun Jogorku Kenesh (parlament) saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.Bu xaqda 24.kg xabar qildi.

Mamlakatda yangi amalga kiritilgan saylov tizimiga ko‘ra, 120 ta xalq deputati o‘rniga 90 nafar deputat bo‘ladi.

Ulardan 54 nafar deputat proporsional tizim bo‘yicha (siyosiy partiyalar nomzodlarining ochiq ro‘yxatlari bo‘yicha) yagona saylov okrugi bo‘yicha saylanadi, 36 deputat - bir mandatli okruglarda majoritar tizim bo‘yicha saylanadi.

Ta’kidlash joizki, 2020 yilning oktyabrida parlament saylovlari tugagach, mamlakatda tartibsizliklar boshlangan va u prezident iste’fosi bilan yakunlangandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olishni rejalashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olingani xaqida ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring