Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qohiradagi portlashda halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi

Qohiradagi portlashda halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi

Foto: «Fakty.com.ua»

Misr poytaxtidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi, 32 nafar odam turli darajada jarohat olgan, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Politsiyaning ma’lum qilishicha, portlash YTH natijasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Manyal tumanining qirg‘oq bo‘yidagi shossesida katta tezlikda kelayotgan avtomobil qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va boshqa mashina bilan qattiq to‘qnashgan.

Avtohalokatdan so‘ng kuchli portlash yuz bergan. Huquq-tartibot organlari xodimlarining fikricha, mashinalar to‘qnashgach kislorod balloni portlab ketgan.

Yanada achinarlisi, portlash halokat sodir bo‘lgan joydan bir necha o‘n metr uzoqlikda joylashgan Milliy saraton instituti binosiga ham zarar yetgan. Voqea oqibatida tibbiyot muassasasidan o‘nlab bemorlar evakuatsiya qilingan.

Portlash sodir bo‘lgan joyda kelib chiqqan yong‘in ayni vaqtda o‘chirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring