Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston bosh vaziri hasharga chiqdi (foto)

Qozog‘iston bosh vaziri hasharga chiqdi (foto)

Foto: «Primeminister.kz»

Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin «Birgalikda — Toza Qozog‘iston» ekologik aksiyasi doirasida Qoyandi suv omborini tozalash ishlarida qatnashdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: «Primeminister.kz»

Ekologik aksiya qatnashchilariga salom yo‘llarkan, bosh vazir ushbu tadbirning ahamiyatiga to‘xtalgan va barcha hududlar hokimlari, ekologiya faollari, yoshlar tashkilotlari va ko‘ngillilarni mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chorlagan.

Aksiyada 1 200 kishi qatnashgani aytilmoqda. Hasharga Qozog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari, Nur-Sulton shahri va Aqmo‘la viloyati hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari, diplomatik korpuslar vakillari, mahalliy ijroiya hokimiyatidan vakillar, talabalar, ko‘ngillilar kelgan.

Foto: «Primeminister.kz»

Mingdan ortiq odam bir bo‘lib, suv ombori qirg‘oqbo‘yi hududlarini tozalab, maxsus chiqindi qutilarini o‘rnatishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring