Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston peshlavhalarda rus tilidan foydalanish majburiyatini bekor qilmoqda

Qozog‘iston peshlavhalarda rus tilidan foydalanish majburiyatini bekor qilmoqda

Foto: «Profile»

Qozog‘iston parlamenti reklama va geografik peshlavhalarda qozoq tilining qo‘llanilishini taqozo etuvchi qonun loyihasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, endilikda rus tili faqat zarur holatlardagina qo‘llaniladi, deyiladi «Profile» xabarida.

Mamlakat Senati qonun loyihasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgandi. Chorshanba, 8-dekabr kuni Majlis (parlament quyi palatasi) deputatlari uni tasdiqlashdi. Shu tariqa qonun hujjati parlament tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va davlat rahbari imzolashi uchun yuboriladi.

Shu paytgacha amal qilib kelayotgan qonunlarga muvofiq, Qozog‘istonda barcha peshlavhalar, reklamalar va boshqa vizual axborotlar qozoq va rus tillarida ifodalanishi shart edi. Matnlarni yozish va joylashtirish tartibiga ko‘ra, davlat (qozoq) tilidagi matnlar chapda yoki tepada, rus tilidagi matnlar o‘ngda yoki pastda joylashtirilishi, har ikki tildagi matnlar bir xil kattalikdagi harflarda yozilishi belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring