Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda COVID-19 ga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshdi

Qozog‘istonda COVID-19 ga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshdi

Foto: «Zakon.kz»

Qo‘shni Qozog‘istonda 10-avgustdagi epidemiologik vaziyat haqida «Zakon.kz» xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Qozog‘istonda kasallikni yuqtirganlar soni bir sutkada 722 taga ko‘paygan. Shundan 348 nafar bemor — simptomli, 374 nafari simptomsiz tashuvchilar.

Qozog‘iston bo‘yicha koronavirusga chalinganlar jami soni 100 164 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar — 73 702 nafar, vafot etganlar — 1 291 nafar.

Virus eng ko‘p qayd etilgan hududlar:

  • Olmaota shahri — 13 553 (+120)
  • Nursulton shahri — 13 205 (+156)
  • Atirau viloyati  — 10 617 (+11)
  • Qarag‘anda viloyati — 9 509 (+87)
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati  — 7 365 (+90)
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 6 366 (+51)
  • Chimkent shahri — 5 114 (+7).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring