Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda

Qozog‘istonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda

Foto: «YouTube»

9-11-fevral kunlari Qozog‘iston hududining katta qismi Skandinaviyadan keladigan sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, deb xabar berdi «Kazgidromet».

Qayd etilishicha, havo harorati 23-30 darajagacha, mamlakat sharqida esa 28-33 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.

G‘arbiy hududlarga esa Atlantika tomonidan keladigan navbatdagi siklon o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zgidromet» kelayotgan haftaning o‘rtasida Qozog‘iston hududlaridan yana nam havo massalari o‘tishi va u O‘zbekistonning shimoliy qismiga kirishini ma’lum qilgandi. Shunday bo‘lsada, O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib qolishi qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring