Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ikkita viloyat chiroqsiz qoldi, Rossiya orqali neft tranziti to‘xtadi

Qozog‘istonda ikkita viloyat chiroqsiz qoldi, Rossiya orqali neft tranziti to‘xtadi

Qozog‘istonning ikkita viloyati elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi. Shuningdek Rossiya orqali neft tranziti ham to‘xtab qolgan. Bu haqda «Interfaks» tomonidan xabar berildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, o‘ta qattiq sovuq tufayli elektr energiyasida muammolar yuzaga kelgan. Natijada mamlakat shimolidagi ikkita viloyat chiroqsiz qoldi. Ushbu hududda joylashgan neft uzatish stansiyasi faoliyati ham to‘xtab qolgan.

Biroz vaqt muqaddam Rossiya va Qozog‘istonda neft qazib chiqarish hajmi oshirilishi aytilgan edi. Saudiya Arabistoni neft olishni sutkasiga 75 ming barrelga qisqartirdi va uning ulushi OPEK+ tomonidan Rossiya hamda Qozog‘istonga berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring