Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzan Qodirov: «Agar qamoqxonalarimizdagi sharoit AQSh turmalaridan yomonroq bo‘lsa, uzr so‘rashga tayyorman!»

Ramzan Qodirov: «Agar qamoqxonalarimizdagi sharoit AQSh turmalaridan yomonroq bo‘lsa, uzr so‘rashga tayyorman!»

Foto:«Russian.rt.com»

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQShning mazkur mintaqadagi inson huquqlarining buzilishi haqidagi da’vosiga mutlaqo qarshi ekanligini bildirdi va AQSh davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivanni bunga amin bo‘lishi uchun Chechenistonga taklif etdi. Bu haqda «Aif.ru» xabar berdi. 

Avvalroq AQSh davlat departamenti Chechenistonda inson huquqlari buzilayotgani haqidagi bayonotni e’lon qilgan edi. Ramzan Qodirov esa mazkur fikrni mutlaqo inkor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra Chechenistonda inson huquqlarining ta’minlanishi hatto AQShdan ham yaxshiroq yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan Qodirov AQSh davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Sallivanni Grozniy shahri va Naurskiy tumanida joylashgan jazoni o‘tash muassasalariga taklif qilgan.

«Agar bizda tergov qilinayotgan yoki ozodlikdan mahrum etilganlar sharoiti AQSh qamoqxonalaridan ko‘ra yomonroq bo‘lsa, men uzr so‘rashga tayyorman. Ammo bilaman, bunday qilmayman», — deya xulosa qilgan Qodirov. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring