Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya AQShga har qanday mudofaani yengib o‘tishga qodir raketani namoyish etdi

Rossiya AQShga har qanday mudofaani yengib o‘tishga qodir raketani namoyish etdi

Rossiya harbiy kuchlari AQSh inspektorlariga birinchi marta yangi strategik qurol - «Avangard» raketa tizimini namoyish qildi, deya xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib «Interfaks».

Rossiya tomoni «START III» shartnomasining hayotiyligi va samaradorligini ta’minlash uchun shou o‘tkazgan.

Rossiya harbiy kuchlarining ta’kidlashicha, 24-26-noyabr kunlari Rossiyada bo‘lgan Amerika inspeksion guruhiga «Avangard» raketa tizimi namoyish etilgan.

«START III» shartnomasi 2021-yilda tugaydi. Rossiya va AQSh uni yana besh yilga uzaytirishga rozi bo‘lishlari mumkin. Bu bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring