Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya bosh prokurori Chayka lavozimidan ketadi (mi?)

Rossiya bosh prokurori Chayka lavozimidan ketadi (mi?)

Yuriy Chayka.

Foto: TASS

BBC xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Yuriy Chayka (68 yoshda) iste’foga chiqadi. Kreml matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ushbu lavozimni 2006 yildan beri egallab turgan Chayka «boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan» vazifasidan ketmoqda.

Igor Krasnov. Foto: «Kommersant»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashiga bosh prokurorlik uchun Tergov qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Igor Krasnov (44 yoshda) nomzodini taklif etgan.

Xabarlarga ko‘ra, Federatsiya kengashi Chaykaning ketishi va Krasnovning yangi lavozimga tasdiqlanishi borasida chorshanba, 22-yanvar kuni qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring