Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya chegarasida NATOning 50 dan ortiq razvedka samolyoti aniqlandi

Rossiya chegarasida NATOning 50 dan ortiq razvedka samolyoti aniqlandi

Foto: «En.topwar.ru»

Rossiya o‘tgan hafta davomida o‘z chegaralari yaqinida NATOning 50 dan ortiq uchuvchisiz razvedka samolyotlari va dronlarini aniqlagan. Rossiya TIV va mudofa vazirligi NATOdan vaziyatga izoh talab qilmoqda. Bu haqda «Global Times» yozdi.

«Aftidan, alyansning boshqa muammolari yo‘q. Terrorizm, boshqa mintaqalardan xavfsizlikka tahdidlar Rossiyadan deb ishonishni bas qilishlari kerak», – dedi vazirlik bayonotida.

«Biz qilayotgan hamma narsa xalqaro majburiyatlarimizga mos keladi va biz shaffofmiz», – deb ta’kidladi NATO bosh kotibi.

Vaziyatga esa izoh bermagan. NATO harakatlarini Ukrainani himoya qilish bilan oqlagan.

Rasmiy Moskva esa NATOning vajlarini asossiz sanamoqda. Rossiya Ukraina bilan munosabatlarning keskinlashayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, Kremlning harakatlari faqat mudofaa xarakteriga ega.

Eslatib o‘tamiz, Stokgolmda bo‘lib o‘tgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasidagi uchrashuv chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring