Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hukumati neft narxi bir barrel uchun 30 dollarga tushishiga tayyorlanmoqda

Rossiya hukumati neft narxi bir barrel uchun 30 dollarga tushishiga tayyorlanmoqda

Foto: «Kommersant»

Rossiya federatsiyasi moliya vaziri Anton Siluanov va energetika vaziri Aleksandr Novak jahon bozorida neftning narxi bir barrel uchun 30 dollarga qadar tushib ketishiga tayyorlanayotganini bildirdi. Bunga OPEK+ bo‘yicha kelishuvlarning bekor qilinishi ehtimoli sabab bo‘lishi mumkin.

«Yozda nimalar bo‘lishini biz bilmaymiz. OPEK+ neft qazishni cheklash bo‘yicha kelisha oladimi yoki yo‘q, bilmaymiz. Agar kelishuvga erishilmasa, narx bir barrel uchun nafaqat 40, balki 30 dollarga qadar ham tushib ketishi mumkin», — deydi hukumat raisi o‘rinbosari.

Shu bilan birgalikda Siluanov neft narxining tushishi ehtimoli haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bunday ssenariy bo‘lishi ehtimoli katta. Ko‘p narsa yilning ikkinchi yarmida bozorda yuzaga keladigan vaziyat va taklifga bog‘liq — noaniqliklar, savdo urushi, sanksiyalar bosimi. Bugun neftni ko‘p qazib olish xavfi bor, ammo vaziyatni chuqurroq tahlil qilish lozim», — deydi energetika vaziri.

Brent markasiga tegishli neftning avgustdagi narxi bo‘yicha dushanba kuni o‘tkazilgan savdo natijasida bir barrel 63,29 dollarga baholangan. WTI markasidagi neft esa 54,23 dollarga savdo qilingan.

Rossiya ishtirok etayotgan OPEK+ kelishuvi 2019 yilning iyuniga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. Joriy yilning dekabr oyida neft qazib chiqarishni 1,2 million barrelga qadar cheklashga kelishib olingan edi. Avvalgi kelishuvning samarasi bor-yo‘g‘i yarim yil davom etgan. Shundan so‘ng neft zaxirasi o‘sishda davom etdi va keyinchalik Amerika neftining faol kirib kelishi natijasida bozorda ortiqcha mahsulot paydo bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring