Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya osmonida harbiy samolyot izsiz yo‘qoldi

Rossiya osmonida harbiy samolyot izsiz yo‘qoldi

Bugun, 22 sentyabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahridan uchgan An-26 harbiy samolyoti radarlarda ko‘rinmay yo‘qolgan.

Bortida 6 kishi bo‘lgan ushbu uchoq texnik parvoz uchun uchgan edi. Ekipaj biror muammo yoki nosozlik haqida xabar qoldirmagan. Bortda halokat signallari ham kuzatilmagan.

Samolyotning izsiz yo‘qolishiga aeroportdan 38 km. uzoqda joylashgan Xexsire qo‘riqxonasi, radarlarning noto‘g‘ri ishlashi yoki noqulay ob-havo sabab bo‘lishi mumkin.

Samolyotni qidirish uchun Rosaviatsiya vertolyoti va qutqaruvchilari yuborilgan. Ayni paytdagi yomon ob-havo sharoiti qidiruvga xalaqit berayotgani aytilmoqda.

Rossiya tergov qo‘mitasi ushbu holatni harakat xavfsizligi qoidalarining buzilishi deb topgan va ish ochgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring